Referendum o‘tkazish uchun salkam 200 milliard so‘m ajratiladi
Markaziy saylov komissiyasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini ishlab chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat byudjetidan 182 milliard 386 million so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida komissiya aʼzosi Adham Ibodullayev maʼlum qildi.
Mazkur xarajatlar smetasi davlat byudjetida belgilangan mablag‘lar doirasida shakllantirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Taʼkidlanishicha, smeta tuzishda referendumni o‘tkazishga oid qonun hujjatlari talablari, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq mablag‘ talab qiluvchi barcha jihatlar ham alohida hisobga olingan.