“Chelsi” YeChLda g‘alaba qozonmoqchi
Bosh murabbiy jamoaning maqsadini aytdi.

Grem Potter “Chelsi” Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishga harakat qilishini aytdi.
“Biz “Everton”ni mag‘lub etishga harakat qilamiz, keyin qurʼa natijalarini ko‘rib chiqamiz va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga bor eʼtiborimizni qaratamiz”, — dedi “Chelsi” bosh murabbiyi.
Chempionlar ligasining 1/4 finaliga London klubidan tashqari “Real”, “Inter”, “Napoli”, “Milan”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Benfika” klublari yo‘l olishdi. Qurʼa tashlash marosimi bugun bo‘lib o‘tadi.







