O‘zbekiston Osiyo kubogi chempioni bo‘ldi
O‘yin 1:0 hisobida g‘alaba bilan yakunlandi.

Toshkentda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining final o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushdi. Unda o‘zbekistonliklar kichik 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi va turnir g‘olibiga aylandi.
Yagona gol terma jamoa sardori Umarali Rahmonaliyev nomiga qayd etildi. U 11 metrlik nuqtada xatoga yo‘l qo‘ymadi.
Shu tariqa, jamoa Osiyo kubogida chempionlikni rasmiylashtirdi. Iroq termasi kumush medallarga ega chiqqan bo‘lsa, Yaponiya va Janubiy Koreya termalari bronza medallariga sazovor bo‘ldi.







