Turkiyada 4.8 balli zilzila yuz berdi
Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi maʼlum qildi.

Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash provinsiyasida 4.8 balli navbatdagi zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi maʼlum qildi.
Hozircha jabrlanganlar haqida maʼlumot yo‘q. Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 5.14 da sodir bo‘lgan. Uning epitsentri Gyoksun shahrida joylashgan. Bu shaharda 55 ming kishi yashaydi.
6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqi va Suriyada 7.7 va 7.6 magnitudali 2 ta zilzila bo‘lgandi. Oqibatda birgina Turkiyaning o‘zida qurbonlar 48 mingdan oshdi.







