G‘alabaga haqli edik — Anchelotti
Futbolchi «Barsa»ga qarshi o‘tgan bahs haqida gapirib, hisoblanmagan gol borasida Madridga shubha bilan qaytayotganini bildirdi.

Karlo Anchelotti La Liga 26-turidan o‘rin olgan “Barselona” (1:2) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Yaxshi o‘yin o‘tkazdik va g‘alaba qozonishga haqli edik. Hisoblanmagan gol borasida savol bor. Madridga shubha bilan qaytyapmiz. Bellashuv oxirida hamma narsani sinab ko‘rdik, ammo konsentratsiyani yo‘qotdik va to‘p o‘tkazib yubordik. Juda yaxshi o‘yin. O‘yin oxirigacha teng kurashlar ostida kechdi. Hammasini detallar qildi va o‘yin bizda qolishiga ishongandik.
O‘tkazib yuborilgan gol? Bu vaziyatni qabul qilishimiz kerak. La Ligada g‘alaba qozonish uchun oxirigacha kurashamiz. Mag‘lubiyatdan xafamiz, ammo jamoa uchala turnirda ham oxirigacha kurashadi. Agar bugungidek o‘ynasak, g‘alaba qozona olamiz”, — deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi AS.








