O'zbekiston

Yangi Konstitutsiya oliy taʼlim sohasidagi qanday huquqlarni kafolatlaydi?

Bosh Qonunning 41-moddasiga baʼzi bir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali ushbu muhim soha faoliyatini yana-da aniqroq, yana-da mukammalroq ifodalash taklif etilgan.

Yangi Konstitutsiya oliy taʼlim sohasidagi qanday huquqlarni kafolatlaydi?

 

Amaldagi Konstitutsiyaning 41-moddasida taʼlim to‘g‘risida shunday deyilgan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Davlat bepul umumiy taʼlimni kafolatlaydi. Maktab ishi davlat nazorati ostida”.

 

Ko‘rib turganingizdek, huquqiy normaning mazmuni fuqarolarning taʼlim olish, bepul umumiy taʼlim olish va maktab ishlarini davlat tomonidan himoya qilinishi huquqini nazarda tutadi.

 

Hozirgi jadal texnik va texnologik taraqqiyot, fanlar, nazariyalar, dunyoqarashlarning jadal rivojlanishi sharoitida taʼlimni tashkil etish va amalga oshirish jarayonlari uzluksizlikni, tizimli, yaxlit yoki differensial  yondashuvni taqozo etadi.

 

Olimlar va mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, raqamlashayotgan XXI asrda yaqin 10 yil ichida kasb va mutaxassisliklarning 80 foizi bevosita STEM fanlari va eng yangi texnologiyalar bilan bog‘liq  bo‘ladi. Taʼlim o‘z abituriyentlariga taʼlim olishning har xil (xususiy, davlat, masofaviy, sirtqi, kechki, byudjet, kontrakt va b.) turlari va usullarini taklif qilishi mumkin bo‘lgan bir sharoitda, zarur ilmiy resurslarni to‘plash, mamlakatning ilmiy salohiyatini mustahkamlash uchun davlatning eng katta ko‘magi zarur bo‘lgan bir davrda, taʼlim faoliyati va jarayonlari konstitutsiyaviy kafolatlarga asoslangan va mukammal  bo‘lgan huquqiy tartibotga muhtoj.

 

Shuning uchun ham Konstitutsiyaning yangi tahririda shaxsning komil inson  bo‘lib yetishishi uchun zarur bo‘lgan taʼlim-tarbiyaning barcha jarayonlari va bosqichlarini qamrab olgan ushbu muhim soha faoliyatini Konstitutsiyamizning 41 moddasiga baʼzi bir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali yana-da aniqroq, yana-da mukammalroq ifodalash taklif etilgan. Yaʼni, agar 41-modda taʼlimning barcha bosqichlarini yaxlitligicha nazarda tutsa, taklif etilayotgan tahrirda shakllantirilgan bandlar maktabgacha taʼlim, maktab taʼlimi, o‘qituvchilarning har qanday noqonuniy aralashuvdan himoyalanishi kafolatlangan huquqlarini qamrab oladi va uni quyidagi tahrirda bayon etadi:

 

“Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida davlat mablag‘lari hisobidan tanlov asosida oliy taʼlim olish huquqiga ega.

 

Oliy taʼlim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

 

Davlat ilm-fan rivojiga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi» (51-modda).

 

Keling, ushbu qoidalar qanday talqin qilinishi kerakligi borasida fikr yuritaylik

 

Maʼlumki, mamlakatimizning barcha fuqarolari davlat taʼlim muassasalarida tanlov asosida davlat mablag‘lari hisobidan oliy taʼlim olish huquqiga ega. Yaʼni mamlakatimizda barcha fuqarolar millati, yoshi, dini va boshqa xususiyatlaridan qatʼi nazar, oliy taʼlim olishda teng huquqlarga ega.

 

Tanlov asosida deganda nimani tushunamiz? Barchamiz yaxshi bilamizki, har qanday qabul, xoh o‘qishga, xoh xizmat, xoh ishga bo‘lsin, tanlov asosida amalga oshiriladi. Bizning davrimizda bu aksiomaga aylangan, chunki oddiy qilib aytganda, biz "mushukni  qopda sotib olmaymizku". Oliy maʼlumot olish xohishini bildirgan har bir kimsa ham universitetda o‘qishga loyiq bo‘lmasligi mumkin. Buning uchun siz maʼlum miqdordagi bilimga ega bo‘lishingiz kerakki, olingan bilim darajasi uni sinash, tekshirish orqali aniqlanadi: abituriyentning umumiy taʼlim yoki maxsus taʼlim muassasasida olgan bilim darajasi universitet dasturi talablariga javob beradimi yoki yo‘qmi? Sinovlarning qay tarzda o‘tishi (test, imtihon, yozma ish, suhbat) qonunchiligimizdagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilanadi.

 

Qanday hollarda abituriyent davlat hisobidan o‘qishi mumkin?

 

Davlat (ijrochi davlat organi) davlat yoki boshqa oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun maʼlum bir sohada malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga qarab kvotalar beradi va maʼlum miqdordagi grantlar (pul imtiyozlari) ajratadi. Biroq, "byudjet talabalari" deb ataladiganlar soni cheklangan. Bunday imkoniyatga aslida sinovlar jarayonida maksimal ball to‘plaganlar ega bo‘lishlari mumkin. Bunda davlat imtiyozlaridan foydalanib taʼlim olgan bitiruvchi bir necha yil davomida o‘zi tanlagan soha (korxona, tashkilot, muassasa)da ishlab, shu orqali davlatning umidlarini oqlab, yaxshi mutaxassisga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi shart.

 

Maksimal ball to‘plab, nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish imkoniga ega bo‘lganlar ham davlat (davlat organi, muassasa) nafaqasi bo‘yicha o‘qishlari mumkin. 2022-2026-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi strategiyasida “Yel-yurt umidi” jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuboriladigan yoshlar sonini ikki barobarga oshirish vazifasi belgilangan. Shu bilan birga, suhbat chog‘ida abituriyent xorijda olgan bilim va ko‘nikmalari bilan o‘z vataniga qaytishiga va mamlakatni rivojlantirishga oid strategik vazifalarini hal etishda faol ishtirok etishiga ishontira olishi kerak. Shu usul bilan davlat o‘zi tanlagan kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha imkon qadar ko‘proq bilim olishga intilayotgan yoshlarni kelajak jamiyat taraqqiyotida ishtirok etish va davlat qudratini mustahkamlashda eng talabgor kadrlar bo‘lishlari uchun rag‘batlantiradi.

 

Keyingi band: “Oliy taʼlim muassasalari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, ilmiy-tadqiqot va o‘qitish erkinligiga ega” deganda, eng avvalo, demokratik davlat qurishga intilayotgan O‘zbekistonning demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotganligi nazarda tutiladi.

 

Ushbu normaning mohiyatini tushunish uchun, birinchi navbatda, "akademik erkinlik" nimaligini anglash kerak bo‘ladi.

 

"Universitet avtonomiyasi" deb ham ataladigan akademik erkinlik o‘z faoliyatini tamoyillar asosida shakllantiradi va amalga oshiradi, unga ko‘ra universitetlar va ilmiy tashkilotlarning professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari o‘z xohishlariga ko‘ra o‘quv mavzulari va kurslarni, o‘qitish metodikasi, ilmiy tadqiqot mavzulari va yo‘nalishlarini talabalar va mutaxassislarning mayl va ehtiyojlariga qarab tanlash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladilar. Ularning avtonomiya deb atalishi Yevropa universitetlar assotsiatsiyasining o‘z mustaqilligini 4 yo‘nalishda belgilagani bilan bog‘liq: tashkiliy, moliyaviy, ishga qabul qilish erkinligi va tegishli akademik avtonomiya.

 

 Akademik erkinlik deganda universitetning o‘z ichki o‘quv ishlarini mustaqil boshqarish qobiliyati, universitetning talabalarni qabul qilish, o‘quv dasturlarining mazmuni, o‘qitish usul va uslublarini mustaqil ravishda shakllantirish va tashkillashtirish, sifat nazoratini amalga oshirish, o‘qitish tilini tanlash kabi turli akademik muammolarni hal qilish imkoniyatlari tushuniladi.

 

Bu nima uchun kerak?

 

Avvalo, akademik erkinlik akademik madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSH) jamiyatni demokratlashtirishning ham ko‘rsatkichidir. Ushbu mamlakatlarning akademik erkinlikka ega bo‘lgan barcha OTMda, garchi o‘qitishning milliy o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lsada, ilmiy tadqiqotlar olib borish va uning natijalarini nashr etish hech qanday cheklovlarsiz  amalga oshiriladi.

 

Qolaversa, xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, akademik erkinlik ilm-fan rivojiga, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga, mamlakat ilmiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday holda, o‘zi rejalashtirgan yo‘nalishda muvaffaqiyatli rivojlanishdan manfaatdor bo‘lgan davlat, normaning yangi tahririda taʼkidlanganidek, "ilm-fan rivojiga va jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilishiga ko‘maklashadi". Zero dunyoda ilm-fan integratsiyalashgan holda, birgalikda rivojlanadi. Shu bilan birga, ushbu jarayonlarni xalqaro huquq normalariga zid bo‘lmagan holda huquqiy tartibga solish, yaʼni ularni to‘g‘ri tashkil etish, sohani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish tegishli huquqiy baza, yaʼni muayyan qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan taʼminlanadi.

 

Ko‘rib turganingizdek, 41-moddaga ko‘shimcha sifatida taklif etilayotgan yuridik normalar fan va taʼlimni tizimli munosabatlar asosida va o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirish kafolatlarini nazarda tutadi, bu esa Yangi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishga erishish uchun ulkan, ammo amalga oshirish mumkin bo‘lgan rejalari kontekstida juda muhim omildir.

 

M.M. Jalolov,

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori,

Texnik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

 

custom img

Qozog‘istonda YTHga uchragan 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Latviyada insultni boshdan kechirgan va Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar ham vatanga qaytarildi.

custom img

O‘zbekistonda besh yil ichida oltin zaxirasi yana 879 tonnaga oshiriladi

Kumush zaxirasini 510 tonnaga, mis zaxirasini esa 676 ming tonnaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

custom img

O‘zbekistonda 2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb etiladi

Investorlarni jalb etish uchun Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish taklif etildi.

custom img

Sergelida kanalda oqib ketayotgan ikki qizaloqni temiryo‘l xodimi qutqarib qoldi

Xodimga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi hamda pul mukofoti topshirildi.

custom img

Navoiyda Tico va yuk mashinasi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi

Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelib, asosiy yo‘ldagi transport vositasiga yo‘l bermagani oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

custom img

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga 99 ta mamlakatdan 8 mingdan ziyod ishtirokchi kelishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 16-18 iyun kunlari o‘tkaziladigan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik yuzasidan ma'lumot berildi.

custom img

Istanbulda 6 yoshli o‘zbekistonlik bola tramvay va bekat orasida qolib, halok bo‘ldi

Bolakay Turkiyaga ota-onasi va yaqinlari bilan birga sayohat uchun kelgan.

custom img

O‘zbekistonda “voyenkomat” lar tugatiladi

16 yoshga to‘lgan o‘g‘il bolalar ID-karta asosida avtomatik harbiy hisobga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"