O'zbekiston

O‘zbekistonda besh yil ichida oltin zaxirasi yana 879 tonnaga oshiriladi

Kumush zaxirasini 510 tonnaga, mis zaxirasini esa 676 ming tonnaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda besh yil ichida oltin zaxirasi yana 879 tonnaga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan o‘tkazilgan taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda kelgusi besh yil davomida mamlakat oltin zaxiralarini qo‘shimcha 879 tonnaga oshirish bo‘yicha ishlar boshlanganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, kumush zaxirasini 510 tonnaga, mis zaxirasini esa 676 ming tonnaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, geologiya-qidiruv ishlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish geologik ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, yangi konlarni aniqlash va foydali qazilmalar zaxiralarini aniq baholash imkonini beradi.

 

Davlat rahbari sohada texnologik transformatsiyani jadallashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini sun’iy intellekt asosida boshqarish va tahlil qilish tizimini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

 

Mutasaddilar hisob-kitoblariga ko‘ra, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yechimlarini keng joriy etish mahsulot tannarxini 10 foizga kamaytirish, yangi konlarni ochish muddatini ikki baravar qisqartirish hamda investorlarga taqdim etiladigan takliflar sonini to‘rt baravar oshirish imkonini beradi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"