O'zbekiston

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga 99 ta mamlakatdan 8 mingdan ziyod ishtirokchi kelishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 16-18 iyun kunlari o‘tkaziladigan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik yuzasidan ma'lumot berildi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga 99 ta mamlakatdan 8 mingdan ziyod ishtirokchi kelishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevga navbatdagi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan axborot berildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur forum O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini namoyish etish, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni shakllantirish va ilgari surish uchun muhim xalqaro maydonga aylangan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda ilk bor o‘tkazilgan forumda 56 davlatdan mingdan ortiq xorijiy mehmon qatnashgan. Joriy yilning 16–18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida esa 99 davlatdan 8 mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, qariyb 3,1 ming nafar xorijiy mehmon qatnashishi kutilmoqda.

 

Forumda xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlari va vakillari, nufuzli xalqaro moliya institutlari, yirik kompaniyalar, investitsiya jamg‘armalari hamda ishbilarmon doiralar vakillari qatnashadi.

 

Tadbir dasturidan yalpi majlis, ikki tomonlama uchrashuvlar, tarmoq va hududlar taqdimotlari, investitsiya bitimlarini imzolash marosimlari hamda biznes muloqotlari o‘rin olgan.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, geologiya, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo sanoati, energetika, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalarining imkoniyatlari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

 

Forum doirasida Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisi ham o‘tkaziladi. Unda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, xususiy sektor hamda xalqaro investorlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

 

Joriy yilgi forum yakunlari bo‘yicha ham yirik investitsiya kelishuvlari paketini imzolash rejalashtirilgan. Hozirda yangi loyihalarni shakllantirish ishlari davom etmoqda.

 

Ishlab chiqilayotgan kelishuvlar kimyo sanoati, geologiya va metallurgiya, yengil sanoat, elektrotexnika va mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari, energetika va ekologiya, raqamli texnologiyalar, qurilish va infratuzilma, bank-moliya, transport-logistika, turizm hamda ta’lim kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

 

Ta’kidlanishicha, ushbu loyihalar yangi ish o‘rinlarini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Davlat rahbari forumni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish, har bir tarmoq va hududning investitsiyaviy salohiyatini aniq loyihalar orqali namoyon etish muhimligini qayd etdi.

 

Shuningdek, mutasaddilarga xorijiy mehmonlarni kutib olish, tadbirlar dasturini puxta tashkil etish, imzolanadigan kelishuvlarning aniq ijro mexanizmlarini belgilash va ularning bajarilishini forumdan keyin tizimli monitoring qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"