O'zbekiston

O‘zbekistonda 2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb etiladi

Investorlarni jalb etish uchun Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish taklif etildi.

O‘zbekistonda 2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha taqdimotda 2030-yilgacha tarmoqqa 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilish maqsad qilingani ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, investorlarni jalb etish uchun geologik ma’lumotlarning sifatli va ishonchli raqamli bazasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish taklif etildi. Jarayon doirasida “Texnologik transformatsiya markazi” tashkil qilinib, 36 mingdan ortiq geologik hisobot va birlamchi ma’lumotlar raqamli formatga o‘tkaziladi.

 

Mutasaddilar hisob-kitoblariga ko‘ra, bu geologik ma’lumotlarni shakllantirish, konlarni modellash va zaxiralarni hisoblash jarayonlarini ikki baravar tezlashtiradi.

 

Taqdimotda 2026–2030-yillarda geologiya sohasi hamda yirik sanoat korxonalari — Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiyuran, O‘zmetkombinat, O‘zbekko‘mir hamda O‘zbekiston texnologik metallar kombinatida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan 44 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgani bildirildi.

 

Loyihalar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, korporativ boshqaruvni raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, mehnat va sanoat xavfsizligini ta’minlash hamda kon-geologiya ishlarini raqamli transformatsiya qilish kabi besh asosiy yo‘nalishni qamrab oladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tashabbuslar natijasida operatsion samaradorlik 7 foizga, texnika va uskunalar ishonchliligi 20 foizga, energiya samaradorligi esa 8 foizga oshishi kutilmoqda. 

 

Shuningdek, inson omili bilan bog‘liq xato va xavflarni 15 foizga kamaytirish imkoniyati mavjud.

 

Taqdimotda yaratiladigan texnologik yechimlarni patentlash zarurligi ham ta’kidlandi. 

 

Yakunda mutasaddilarga tog‘-kon sanoati korxonalarining biznes-rejalariga ishlab chiqarish va mehnat resurslari samaradorligini oshirishga qaratilgan choralarni kiritish hamda texnologik va sun’iy intellekt loyihalari bo‘yicha alohida dasturlarni tasdiqlab borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

 

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"