O'zbekiston

Istanbulda 6 yoshli o‘zbekistonlik bola tramvay va bekat orasida qolib, halok bo‘ldi

Bolakay Turkiyaga ota-onasi va yaqinlari bilan birga sayohat uchun kelgan.

Istanbulda 6 yoshli o‘zbekistonlik bola tramvay va bekat orasida qolib, halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 6 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2026-yil 8-iyun kuni Istanbulning Fotih tumanidagi Laleli mavzesida joylashgan tramvay bekatida yuz bergan.

 

Qayd etilishicha, voyaga yetmagan bola tramvaydan tushganidan so‘ng bekat platformasi bilan tramvay relslari oralig‘ida qisilib qolgan. Transport vositasi harakatlanishi natijasida u og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

 

Marhum Turkiyaga ota-onasi va yaqinlari bilan birga sayyoh sifatida kelgani aytilmoqda.

 

Hozirda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, ularga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, diplomatik vakolatxona Istanbul kabi yirik shaharlarda jamoat transportidan foydalanishda voyaga yetmagan bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik va ularning xavfsizligiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi.

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

Unda isrofgarchilikning oldini olish, yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Hokimlik isitish tizimlarini ishga tushirishda amaldagi ob-havo sharoiti ham hisobga olinishini ma’lum qildi.

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Havo sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda.

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana 23 nafariga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.