O'zbekiston

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lgan o‘g‘il bolalar ID-karta asosida avtomatik harbiy hisobga olinadi

Mudofaa ishlari bo‘limlarida amalga oshiriladigan tibbiy komissiya jarayonlari bekor qilinib, ushbu ko‘riklar tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lgan o‘g‘il bolalar ID-karta asosida avtomatik harbiy hisobga olinadi

 

O‘zbekistonda mudofaa ishlari organlari faoliyatini tubdan isloh qilish, “nol byurokratiya” tamoyilini joriy etish hamda harbiy hisobga olish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surilmoqda. Bu haqda Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov ma’lum qildi.

 

Taqdimot davomida 16 yoshga to‘lgan va ID-karta olgan o‘g‘il bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligining axborot tizimi orqali olish hamda ularni avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yish tartibini joriy etish taklifi ma’qullandi.

 

Shuningdek, amaldagi tartibga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarida amalga oshiriladigan tibbiy komissiya jarayonlarini bekor qilib, ushbu ko‘riklarni tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida o‘tkazish tizimiga o‘tish rejalashtirilmoqda.

 

Ushbu yangiliklar natijasida fuqarolar uchun xizmat ko‘rsatish jarayonlari soddalashtirilib, shaffof va raqamli tizim shakllantirilishi, ortiqcha byurokratik to‘siqlarga barham berilishi kutilmoqda.

 

Prezident tomonidan mazkur takliflar ma’qullanib, ularni tezkorlik bilan amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

custom img

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

custom img

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"