O'zbekiston

Qozog‘istonda YTHga uchragan 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Latviyada insultni boshdan kechirgan va Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar ham vatanga qaytarildi.

Qozog‘istonda YTHga uchragan 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qozog‘iston, Latviya va Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytardi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, fuqarolardan biri — 17 yoshli qiz Rossiyaga Qozog‘iston orqali avtotransportda yo‘l olayotgan vaqtda Atirau viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Oqibatda u og‘ir tan jarohatlari olib, bir necha marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassisi ma’lumotiga ko‘ra, bemorda beshinchi bo‘yin umurtqasi singishi va orqa miya faoliyati buzilishi aniqlangan. U Atirauda ikki marta operatsiya qilinganidan so‘ng, intensiv terapiya nazorati ostida O‘zbekistonga olib kelingan.

 

Hozirda qiz Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanmoqda. Shifokorlarning bildirishicha, uning ahvoli qoniqarli.

 

Shuningdek, Latviyaga mustaqil ravishda ishlash uchun borgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi ham vatanga qaytarilgan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, u manzilga yetib borgach va’da qilingan ish o‘rni bilan ta’minlanmagan. Kuchli ruhiy bosim oqibatida esa insultni boshdan kechirgan. Davolanish jarayonidan so‘ng shifokorlar nazorati ostida O‘zbekistonga qaytishiga ruxsat berilgan.

 

Bundan tashqari, Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi ham Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan biriktirilgan shifokorlar kuzatuvida vatanga olib kelingan. 

 

Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijga ishlash uchun faqat xavfsiz, qonuniy va kafolatlangan yo‘llar orqali borishga chaqirdi. 

 

Shuningdek, idora chet elda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.