“Barselona” yozda 4 nafardan ortiq futbolchisini sotib yubormoqchi
Klub mablag‘ yig‘ishi lozim.

“Barselona” yozda turli chiziqdagi to‘rt nafardan ortiq futbolchidan qutulishga tayyor.
“AS” nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yangi kelganlar uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida yirik savdo uyushtirmoqchi emas. Gap bitta himoyachi, bitta yarim himoyachi va ikkita hujumkor o‘yinchini boshqa klublarga jo‘natish haqida ketmoqda (faqat hozirgi tarkib aʼzolari nazarda tutilgan, ijarachilar bundan mustasno).
Taʼkidlanishicha, klub Jordi Albani sotmaydi. Himoyachilardan Erik Garsiyani sotish ehtimoli mavjud. Klub qanot himoyachilari Ansu Fati va Ferran Torres bilan xayrlashishga tayyor.







