“Bizga hammadan ko‘proq kuch kerak”
Skaloni Argentina terma jamoasi haqida gapirdi.

Lionel Skaloni jahon chempioni maqomi tufayli Argentinaning o‘ynashi qiyinlashishiga ishonmoqda. Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 finalida Fransiyani (3:3, penaltilar ceriyasida – 4:2) mag‘lub etgandi.
“Men futbolchilarga chempionlik uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirdim. Endi bayram qilish vaqti keldi, lekin hayot davom etmoqda. Endi biz uchun har qachongidan ham qiyinroq bo‘ladi, chunki hamma bizni mag‘lub etishni xohlaydi. Bizga hammadan ko‘proq kuch kerak, chunki endi hammasi qiyinroq bo‘ladi”, — dedi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi.







