“Real”ga yana bir murabbiy topildi
U klubning sobiq futbolchisi.

“Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso keyingi mavsumdan boshlab o‘zining sobiq klublaridan birini boshqarishi mumkin. “Sports.es” nashrining xabariga ko‘ra, Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres ispaniyalik murabbiy jamoani boshqarishi mumkinligini taʼkidlab, uni boshqa daʼvogarlardan ustun qo‘ydi.
Taxminlarga ko‘ra, agar madridliklarning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin 20 kun ichida Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogida muvaffaqiyat qozona olmasa, u isteʼfoga chiqariladi. Alonsodan tashqari Raul, Maurisio Pochettino va Tomas Tuxel jamoa bosh murabbiyi lavozimiga davogarlar hisoblanadi.
Alonso Leverkuzenning “Bayer” klubini boshqarishiga qadar klub Bundesliganing quyi ligasiga tushib ketish zonasida edi. Hozir jamoa turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda, shuningdek jamoa Yevropa ligasida ishtirok etishda davom etmoqda.







