“U eski va yangi avlodni bog‘laydi”
Jiru Mbappening Fransiya terma jamoasidagi sardorligi haqida gapirdi.

Olive Jiruning fikricha, Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi sardori bo‘lishga loyiq.
“PSJ” forvardi Ugo Loris terma jamoadan ketganidan keyin sardorlik bog‘ichini qabul qilib oldi. Antuan Grizmann unga yordamchi hisoblanadi.
“U yetakchi ekanligini ko‘rsatdi. Kilian ko‘proq masʼuliyatga ega bo‘ladi hamda u bundan zavq oladi. Uning Ugo Llorisdan ustun jihatlari juda ko‘p. Mbappe eski va yangi avlod o‘rtasidagi bog‘lovchi vazifasini bajaradi”, — dedi “Milan” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi.







