Sport

“Yaqinda liga raqobatbardoshlik bo‘yicha dunyoda 4-5-o‘ringa chiqib oladi”

Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati haqida gapirdi.

“Yaqinda liga raqobatbardoshlik bo‘yicha  dunyoda 4-5-o‘ringa chiqib oladi”

 

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubidagi o‘yini haqida fikr bildirdi, shuningdek, mahalliy liga haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

“Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, shuning uchun ham shu yerdaman. Agar boshqacha bo‘lsa, men bu yerda bo‘lmagan bo‘lardim. Men juda raqobatbardosh ligada o‘ynayapman. Bu oliy liga darajasi desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Ammo Saudiya Arabistoni chempionati raqobatbardosh. Men bundan hayratdaman. Ligada yaxshi jamoalar bor. Agar 5-6 yil ichida ular hozirgi rivojlanish yo‘lini davom ettirsa, u holda liga raqobatbardoshlik bo‘yicha dunyoda 4-5-o‘ringa chiqib oladi”, — deya Ronalduning so‘zlaridan “Record” nashri iqtibos keltirdi.

 

“Yaqinda liga raqobatbardoshlik bo‘yicha dunyoda 4-5-o‘ringa chiqib oladi” | Zamon.uz