Sport

“Bavariya” Nagelsmanni isteʼfoga chiqardi

Uning o‘rniga nomzod bor.

“Bavariya” Nagelsmanni isteʼfoga chiqardi

 

“Bavariya” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Myunxen klubi bosh murabbiyligidan ozod etildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi. “Bavariya”ning amaldagi murabbiyi o‘rniga asosiy nomzod Londonning “Chelsi” va Fransiyaning “PSJ” klubi sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel hisoblanadi.

 

“Bavariya” Bundesligada chempionlik, Germaniya kubogi va Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda. Bundesligada “Bavariya” 52 ochko bilan peshqadam “Borussiya Dortmund”dan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakat kubogida “Bavariya” chorak finalga chiqdi, u yerda 4 aprel kuni “Frayburg” bilan o‘ynaydi. Chempionlar ligasida ham klub chorak final bosqichiga chiqdi va u yerda “Manchester Siti” bilan bahs olib boradi.

 

“Bavariya” Nagelsmanni isteʼfoga chiqardi | Zamon.uz