Runi Keynni tabrikladi
Kecha Angliya terma jamoasida yangi rekord o‘rnatilgandi.

Sobiq futbolchi Ueyn Runi Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynni terma jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgani bilan tabrikladi.
“Keynni Angliyaning barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purari bo‘lgani bilan tabriklayman. Bu ko‘p vaqt talab qilmasligini bilardim, lekin bu tez sodir bo‘ldi. Ajoyib inson, aql bovar qilmaydigan gol muallifi va Angliya afsonasi. Tabriklaymiz, Harri!” — dedi Runi.
2024 yilgi Yevropa chempionati saralashining 1-bosqichi doirasidagi o‘yinda Keyn Angliya terma jamoasi safidagi 54-golini Italiya terma jamoasi darvozasiga kiritdi. Shu tariqa u to‘purarlar ro‘yxatida 53 ta golga ega Runini ortda qoldirdi. Bahsda Angliya Italiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.







