Tuxel “Bavariya” rahbariyatini hayratda qoldirdi
U jamoada ish boshlaydi.

Germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel “Bavariya” rahbariyatini jamoa uning qo‘li ostida yuqori natijalarga erishishiga ishontira oldi.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, murabbiy bir necha haftadan beri Myunxenda istiqomat qilmoqda va klub rahbariyatini hozirgi jamoani rivojlantirish borasidagi rejalari bilan hayratda qoldirdi. U juda g‘ayratli. Jamoa bilan birinchi mashg‘ulotini dushanba kuni o‘tkazadi.
“Bavariya” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann so‘nggi kunlarda jamoa bilan ishlamayapti.
Myunxenning navbatdagi o‘yini 1 aprelga belgilangan. Unda “Bavariya” Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Borussiya Dortmund”ni qabul qiladi. Myunxenliklar “Borussiya”dan bir ochko ortda qolmoqda.







