Sport

Jahon chempioni uchun qayg‘uli yakun

O‘zilning futbolchilik faoliyatiga nazar.

Jahon chempioni uchun qayg‘uli yakun

 

Bir necha kun oldin Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. “Real Madrid”, “Arsenal” va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi olti oy yoki bir yil oldin buni eʼlon qilishi mumkin edi. 34 yoshli futbolchi o‘zining yorqin faoliyati yakunida maydondagi yutuqlaridan ko‘ra ko‘proq janjallari bilan yodda qoldi va ko‘pchilik uni allaqachon nafaqaga chiqqan degan fikrga ham kelishgandi.

 

O‘zil sportda havas qilsa arziydigan martabaga erishdi. Uning eng asosiy yutug‘i  Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yilgi jahon chempionatidagi g‘alaba edi. Bundan tashqari, Mesut “Real” Madrid bilan Ispaniya chempionligi, kubogi va superkubogini, “Arsenal” bilan esa uch marta Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Hujumkor yarim himoyachi “Verder” klubi bilan ham mamlakat kubogi sohibiga aylangan.

 

O‘zil ko‘plab individual sovrinlarga ega bo‘ldi. U Chempionlar ligasi (2010/2011-yilgi mavsum), UEFA kubogi, JCH-2010, Yevro-2012, Bundesliga va Premyer-liganing eng yaxshi assistenti bo‘ldi. U besh marta Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Mesut haqiqiy futbol sanʼatkori sifatida yodda qoldi.

 

Umuman olganda, uning faoliyatidagi pasayish, ehtimol, nemislar uchun halokatli bo‘lgan JCH-2018dan so‘ng, pleymeyker futbol ittifoqi rahbariyati va OAVni hurmatsizlikda ayblab, terma jamoani tark etganidan keyin boshlangandir. Yulduz sportchi o‘ziga qarshi tanqidlarga chiday olmaganligini ham aytishimiz mumkin.

 

Futbolchi “Arsenal”dagi so‘nggi mavsumida (2020/2021) London klubidan 8 million funt olgan. Biroq, u umuman hech qanday turnir uchun arizaga kiritilmagan. Mesutning shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar amalda edi, ammo yanvar oyida tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi. Shunday qilib, nemis yarim himoyachisi erkin agentga aylandi. Va bir necha kundan so‘ng u Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi futbolchisiga aylandi. O‘zil Istanbul klubida o‘ynash uning bolalikdagi orzusi ekanini tan oldi. O‘shanda “Fenerbaxche” 520 mln yevro qarzi bilan yomon moliyaviy ahvolda edi, ammo shunga qaramay O‘zilga katta maosh taklif qilindi (uch yarim yilga 15 mln yevro). Istanbul prezidenti Ali Koch hatto Mesut bilan shartnoma imzolash uchun  mablag‘ yig‘ishni boshladi. U klubning har bir muxlisiga kerakli raqamga 2,20 yevrolik SMS yuborishni so‘rab murojaat qilgan va shu yo‘l bilan 2 million yevrogacha pul yig‘ishga umid qilgan.

 

Ammo O‘zilning motivatsiyasi yetarli emas edi. U bir necha bor jarohat oladi. Shu tariqa yarim himoyachi “Fenerbahche”da muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Dastlabki olti oyda Mesut 11 uchrashuvda atigi bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Keyingi mavsum o‘yin ko‘rsatkichi bo‘yicha yaxshiroq bo‘ldi (26 o‘yinda 9+2), ammo O‘zil baribir umidlarni oqlay olmadi.

 

2021-yilning sentyabrida O‘zil “Fenerbaxche”dagi o‘rnidan norozi bo‘lgani va klubini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqida maʼlumot paydo bo‘lgan edi. O‘yinlarning birida u ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushmasligini bilgach bosh murabbiy Vitor Pereyraga hurmatsizlik ko‘rsatadi. 2022-yilning mart oyida esa Mesut Pereyraning o‘rniga tayinlangan Ismoil Kartal tomonidan jamoadan chetlatiladi. Bunga sabab tanaffusdagi o‘zgarish bo‘ldi. Yarim himoyachiga esa murabbiyning daʼvolari yoqmadi.

 

2022-yilning yozida “Fenerbaxche”ning yangi bosh murabbiyi Xorxe Jezus ham O‘zil borasida salbiy xulosaga keldi. U nemis futbolchisining jamoaga kerak emasligini maʼlum qildi. Biroq, Mesut o‘zining ketishi mumkinligi haqida yozgan jurnalistlarni sharmanda qildi va u faoliyatining oxirigacha sevimli klubi “Fenerbaxche”da o‘ynashini aytdi. Bir oy o‘tgach, u 1+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolab, erkin agent sifatida Istanbulning “Boshakshehir” klubiga o‘tdi.

 

Lekin, Istanbul jamoasiga aslida O‘zil kerak emas edi. Avvaliga germaniyalik yarim himoyachi formaga kirishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi va sentyabrdan yanvargacha yana bir jarohatdan davolandi. Mesut yangi jamoada bor yo‘g‘i yettita, asosiy tarkibda esa atigi ikkita o‘yinda maydonga tushdi. O‘zil uchun so‘nggi o‘yin Turkiya chempionatining “Kayserispor”ga (0:1) qarshi bahsi bo‘ldi. Muxlislar Mesutni o‘yin saviyasi pastligi uchun tanqid qilishdi va ertasi kuni u mashg‘ulotlarga kelmadi.

 

O‘zil nihoyat vaziyatni tushundi va shartnomani buzdi. Futbolchining faoliyati bu tarzda yakunlangani juda achinarli, chunki Mesut yorqin karyerasining chiroyli yakuniga loyiq edi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon chempioni uchun qayg‘uli yakun | Zamon.uz