Rasman: O‘zbekistonda vabo qayd etilmagan, ammo dunyoda vaziyat tamoman boshqacha
Joriy yil boshidan beri dunyoning 26 davlatida ushbu kasallik qayd etildi.

Xorijga chiquvchilar nimalarga eʼtibor qaratishi kerak?
- Faqat ishonchingiz komil bo‘lgan ovqatni isteʼmol qilish;
- faqat kafolatlangan suv va ichimliklar ichish;
- go‘sht, baliq, dengiz mahsulotlarini termik ishlovdan so‘ng isteʼmol qilish;
- meva va sabzavotlarni yuvgach, qaynoq suv bilan chayish;
- ovqatlanishdan oldin har doim qo‘lni sovun bilan yuvish;
- suv havzalarida cho‘milishda og‘iz bo‘shlig‘iga suv kirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- turg‘un va sekin oqadigan suv havzalarida cho‘milmaslik;
- iloji boricha mahalliy umumiy ovqatlanish xizmatlaridan foydalanmaslik.
2023 yil boshidan buyon dunyoning 26 davlatida vabo kasalligi qayd etildi, Yer yuzida ushbu kasallikning tarqalish xavfi juda yuqori.







