Nemis klubidan “haydalgan” murabbiyni “shporlar” ishga olmoqchi
U bilan may oyida shartnoma imzolanadi.

“Bavariya”ning sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann mavsum oxirida “Tottenhem”ni boshqarishi mumkin.
Jurnalist Yan Abrahamsning fikricha, 35 yoshli germaniyalik murabbiy “shporlar” bosh murabbiyi lavozimi uchun favorit bo‘lib turibdi, uning o‘rnini may oyining oxirigacha Kristian Stellini egallab turadi.
Kecha Antonio Konte isteʼfoga chiqarilganidan so‘ng Stellini vaqtincha “Tottenhem”ni boshqarishi maʼlum qilingandi. Shu hafta boshida Nagelsmann “Bavariya”dan ishdan bo‘shatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 28 o‘yindan so‘ng “Tottenhem” APL turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.







