Eng dolzarb

Prezident va bosh vazirning gapi bir-biriga mos kelmayapti

Isroilda sud islohoti masalasi siyosiy inqirozni keltirib chiqardi.

Prezident va bosh vazirning gapi bir-biriga mos kelmayapti

 

Isroil prezidenti Isxag Gersog hukumatni sud tizimini isloh qilishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

 

“Isroil xalqining birligi nomidan, masʼuliyat nomidan sizni qonunchilik jarayonini (islohotning qabul qilinishi) to‘xtatishga chaqiraman”, — deb yozdi davlat rahbari Twitter‘dagi sahifasida.

 

Prezident yangi norozilik namoyishchilari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar fonida mamlakatdagi o‘ta keskin ijtimoiy-siyosiy vaziyatni qayd etdi.

 

"Millatni chuqur tashvish qamrab oldi. Milliy xavfsizlik, iqtisodiyot, jamiyat — hamma narsa tahdid ostida", — deydi u.

 

Isroilda 26 mart oqshomida boshlangan spontan norozilik namoyishlariga bosh vazir Benyamin Netanyaxu tomonidan eʼlon qilingan Mudofaa vaziri Yoav Galantning isteʼfoga chiqishi sabab bo‘ldi. U bir kun avval shunday qarorga kelgan, Galant hukmron koalitsiya tomonidan ilgari surilayotgan va muxolifatning ommaviy noroziliklariga sabab bo‘lgan sud-huquq islohotini to‘xtatib turish tarafdori ekanini ochiq aytdi.

 

Hukumat muxoliflari fikricha, Oliy sud vakolatlarini cheklash va sudyalarni tanlashda ijro hokimiyatiga nazorat berishni nazarda tutuvchi islohot Isroil davlatchiligining demokratik asoslarini buzadi. Netanyaxuning taʼkidlashicha, bu islohot hokimiyatning barcha tarmoqlari vakolatlarini muvozanatlashtiradi va mamlakat siyosiy tizimini yana-da demokratik qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Prezident va bosh vazirning gapi bir-biriga mos kelmayapti | Zamon.uz