Klopp 37 yoshli Milnerni jamoada olib qolmoqchi
“Liverpul” esa muzokara olib borishni xohlamayapti.

Jeyms Milner “Liverpul”ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. «The Athletic» nashrining xabariga ko‘ra, “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi bilan yangi bir yillik shartnoma imzolashni xohlaydi. U 37 yoshli futbolchining tajribasi, yetakchiligi va ko‘p qirraliligini qadrlaydi. Shunga qaramay, klub ingliz futbolchisi bilan hali muzokaralarni boshlamagan. Milner joriy mavsumda Premyer-ligada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.







