Messi Xavi bilan “Barsa”ga o‘tish masalasini muhokama qilgan
Futbolchining agenti esa klub bilan muzokaralarni boshlagan.

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi otasi va agenti Xorxe Messidan “Barselona” rahbariyatidan jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gaplashishni so‘radi. Bu haqda “Catalunya Radio” nashri xabar berdi.
Messining o‘zi bu borada klub bosh murabbiyi Xavi bilan muloqot qilmoqda. Shuningdek, “Barselona” futbolchilari va texnik xodimlari argentinalik futbolchining jamoaga qaytishi mumkinligini maʼqullashlari ham qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2021 yildan beri “PSJ”da o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.







