Belgiya 1954 yildan beri ilk bor Germaniyani mag‘lub etdi
Bu g‘alaba yangi bosh murabbiy qo‘li ostida sodir bo‘ldi.

Belgiya 1954 yildan beri ilk bor Germaniyani mag‘lub etdi. Kecha Kyolnda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida belgiyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Eʼtiborlisi, bu Belgiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko qo‘l ostida sodir bo‘ldi. Bu uning jamoa boshchiligidagi ikkinchi uchrashuvidir.







