Fergyuson va Venger Premyer-liga shon-sharaf zaliga kiritildi
Unda ikki sobiq murabbiydan tashqari 16 nafar futbolchi joy olgan.

Aleks Fergyuson va Arsen Venger Premyer-liga Shon-sharaf zaliga kiritildi. “Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi va sobiq “Arsenal” murabbiyi 2023 yilda Angliya ligasi shon-shuhrat zaliga kiritilgan birinchi insonlar bo‘ldi.
Premyer-liga shon-sharaf zali 2021 yilda tashkil etilgan. Fergyuson va Vengerdan tashqari uning tarkibidan Alan Shirer, Terri Anri, Erik Kantona, Roy Kin, Frenk Lempard, Dennis Bergkamp, Stiven Jerrard, Devid Bekxem, Pol Skoulz, Dide Drogba, Vinsent Kompani, Serxio Aguero, Patrik Viyeyra, Ueyn Runi, Ian Rayt va Piter Shmeyxel joy olgan.
Fergyuson 1986 yildan 2013 yilgacha “Manchester Yunayted”ni boshqargan. Uning qo‘l ostida klub 13 marta Angliya chempioni bo‘lgan, jami 38 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Venger 1996 yildan 2018 yilgacha “Arsenal”da bosh murabbiy sifatida ishlagan. London jamoasi bilan u Angliyada uch marta chempionlikni qo‘lga kiritdi va yana 14 ta sovrin sohibi bo‘ldi.







