0

The Guardian: Peskov Ukraina mojarosi uzoq davom etishidan ogohlantirdi

Putinning matbuot kotibi ziyofatlardan birida Rossiya siyosiy va madaniyat elitasiga urush uzoqqa cho‘zilishini aytgan  bo‘lishi mumkin.

The Guardian: Peskov Ukraina mojarosi uzoq davom etishidan ogohlantirdi

 

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov rossiyalik madaniyat  va siyosiy arboblarni urush uzoqqa cho‘zilishidan ogohlantirdi. Bu haqda The Guardian maqolasida so‘z boradi.

 

Maqolada Vladimir Putin RFni G‘arb bilan  “cheksiz urushga qay tariqa tayyorlayotgani” tahlil qilingan. Nashr manbalariga ko‘ra, Kreml vakili 2022 yil dekabri oxirida oliy martabali amaldor uyida tashkil etilgan kechki ovqat vaqtida mojaro uzoq davom etishini aytgan.

 

“Siz meni nimadir deyishimni kutyapsiz. Hammasi yana-da og‘irlashadi. Bu juda-juda uzoq bo‘ladi”, – degan janob Peskov yig‘ilganlarga.

 

Qayd etilishicha, yig‘ilganlarning ayrimlari tinchlik va odatiy hayotga tezroq qaytishni o‘zida aks ettirgan qadah so‘zlarini aytgan. Bunga Putinning matbuot kotibi yuqoridagi gaplar bilan javob bergan.

 

Qayd etilishicha, uning so‘zlari mehmonlarning kayfiyatini buzgan. Ularning aksariyati xususiy suhbatlarda urushga qarshi chiqqan.

 

“Uning nutqini eshitish yoqimsiz bo‘ldi. U urush biz bilan uzoq vaqt birga qolishidan va bunga tayyor bo‘lishimiz kerakligidan ogohlantirgani aniq edi”, – deb fikrlari bilan bo‘lishgan The Guardian suhbatdoshlaridan biri.

 

Peskov hozircha bu xabarlarga izoh bermadi.

 

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"