Amrabat uchun kurash jiddiy
Top klublar futbolchini sotib olishga harakat qilishmoqda.

Sofyan Amrabat hamon Yevropa top-klublarining qiziqish doirasida bo‘lib turibdi. “Fiorentina” yarim himoyachisini sotib olish imkoniyati “Atletiko” tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, 26 yoshli Marokash terma jamoasi futbolchisining o‘zi esa La Ligaga o‘tishga qarshi emas, shuningdek u “Barselona”ga o‘tishni ham maqsad qilgandir deyiladi xabarlarda.
Manbaga ko‘ra, yanvar oyida kataloniyaliklar Amrabatni sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olmoqchi bo‘lgan, biroq rahbariyat bunga rozi bo‘lmagan.
Bundan tashqari, bir necha hafta oldin “PSJ” yarim himoyachiga taklif bilan chiqqan edi. ammo Amrabat faoliyatini Liga 1da davom ettirishdan manfaatdor emas.
Qolaversa, qishda futbolchiga “Liverpul” va “Tottenxem” klublari qiziqish bildirgandi.







