Gvardiolaning o‘rniga o‘rinbosar topildi
Murabbiy mavsum oxirida lavozimidan chetlatilishi mumkin.

“Manchester Siti” klubi ispaniyalik mutaxassis Luis Enrikeni Pep Gvardiola ketishga qaror qilgan taqdirda jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda Ispaniyaning “Goal” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Xosep Gvardiola joriy mavsum oxirida “Manchester Siti”dagi murabbiylik lavozimini tark etishi mumkin. Pep 2016 yildan buyon jamoani boshqarib keladi va kelasi yozda taʼtilga chiqishi mumkin. Shundan so‘ng klub rahbariyatiga tajribali yangi murabbiy kerak bo‘ladi.







