“Barsa” Chempionlar ligasidan chetlashtiriladimi?
Qaror tasdiqlansa klub UEFAdan 100 million yevro talab qilishi mumkin.

“Mundo Deportivo” nashrining xabariga ko‘ra, agar klub Chempionlar ligasidan chetlashtirilsa, “Barselona” UEFAdan 100 million yevro tovon puli talab qilishi mumkin.
100 million yevrolik daromad “Barselona”ning Chempionlar ligasidagi mablag‘lariga asoslanadi. Bu raqam, shuningdek, UEFA qarori natijasida klub yo‘qotadigan homiylik yoki savdo daromadlari bilan bog‘liq zararlarni ham o‘z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, UEFA istalgan qarorni Ispaniya sudlari Negreyra ishi bo‘yicha qaror chiqarguncha kutishi kerak. Aks holda, “Barselona” tashkilotni sudga berishi mumkin.







