Serxio Ramosga yiliga 50 million yevrolik shartnoma taklif qilindi
Futbolchi “PSJ”da 10 million yevro maosh oladi.

“PSJ” himoyachisi Serxio Ramos Saudiya Arabistoni klubida o‘ynasa, maoshi oshishi mumkin. “L‘Equipe” nashri xabariga ko‘ra, 30 million yevro bu futbolchi uchun Saudiyaning “Al-Hilol” klubining boshlang‘ich taklifidir. Uni 50 million yevrogacha oshirish mumkin. Ispaniyalik futbolchi “PSJ”da yiliga 10 million yevrodan kam maosh oladi, soliqlar to‘lamagan holda. Parijliklar esa yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar chog‘ida maoshlarni kamaytirishga harakat qilishmoqda.
Joriy mavsumda Ramos “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” 66 ochko jamg‘arib, Fransiya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Parijliklar jamoasi Chempionlar ligasini 1/8 final bosqichida tark etdi.







