Tuxel nemis jamoasida bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urish arafasida
Jamoaga birinchi navbatda kuchli hujumchi kerak.

“Bavariya” yozda tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmayapti. “Sport1” jurnalisti Kerri Xouning so‘zlariga ko‘ra, klub asosiy eʼtiborini markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolashga qaratadi. Asosiy nomzodlar orasida Harri Keyn (“Tottenhem”), Viktor Osimxen (“Napoli”) va Randal Kolo-Muani (“Ayntraxt”) bor. Tanlov asosan bitimning moliyaviy tomoni bilan belgilanadi. Agar “Bavariya” hujumkor o‘yinchilardan birini sotishga qaror qilsa, u holda birinchi variant Serj Gnabri bo‘ladi. Uning kelajagi bosh murabbiy Tomas Tuxel futbolchini formaga qaytara olishiga bog‘liq bo‘ladi. Yana bir ehtimoliy transfer “Manchester Yunayted”da ijara asosida o‘ynayotgan Marsel Sabitzer bo‘lib, uni sotish to‘g‘risida qaror allaqachon qabul qilingan.







