Sport

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari

Birinchi o‘ringa joylashgan murabbiy Chempionlar Ligasida g‘olib chiqmagan.

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari

 

Fransiyaning “L‘Equie” nashri eng yuqori maosh oluvchi murabbiylar reytingini eʼlon qildi. Premyer-liganing uchta murabbiyi birdaniga kuchli beshlikdan joy oldi, argentinalik murabbiy esa Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmagan bo‘lishiga qaramay, katta farq bilan birinchi o‘rinni egalladi. Eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar o‘nligiga yana kimlar kirgani haqida quyida bilib olishingiz mumkin.

 

Xabi Alonso, Bayer, yiliga 5 million yevro

 

Sobiq ispaniyalik futbolchi 2022 yilning oktabr oyida Leverkuzenning “Bayer” klubini boshqargandi. Uning qo‘l ostida nemis klubi yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Klub Yevropa ligasining chorak finaliga chiqdi, chempionatda yevrokuboklarga chiqish uchun kurashmoqda. Hozir jamoa sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. 24 uchrashuvdan 13 tasida g‘alaba qozongan. So‘nggi o‘yinda “Bayer” o‘z maydonida “Bavariya”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Nemislar Yevropa ligasining chorak finali yo‘lida “Monako” va “Ferensvaros”ni turnirdan chiqarib yubordi. Ispaniyalik murabbiyning “Bayer” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Alonso Bundesligada Xosep Gvardioladan keyin ikkinchi ispaniyalik murabbiyga aylandi. Ko‘pgina manbalarga ko‘ra, “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimiga o‘zining sobiq futbolchisini ko‘rib chiqmoqda.

 

Joze Mourinyo, “Roma”, yiliga 9,2 million yevro

 

Tajribali murabbiy 2021 yilning yozida “Roma”ni qabul qildi va birinchi mavsumida Konferensiya ligasida g‘olib chiqdi. Shu tariqa Mourinyo Yevropaning uchta yirik musobaqalarida – Chempionlar Ligasi (“Portu” va “Inter” bilan), Yevropa Ligasi (“Manchester Yunayted” bilan) va Konferensiya ligasida g‘alaba qozongan birinchi murabbiyga aylandi. 2021/2022 yilgi mavsumda Roma A Ceriyada oltinchi o‘rinni egalladi va bu mavsumda esa “Latsio”, “Inter” va “Milan” bilan ikkinchi o‘rin uchun kurashmoqda. Yevropa Ligasida Italiya jamoasi “Zalsburg” va “Real Sosedad”ni pley-offdan chiqarib yubordi. Endi klub o‘tgan mavsumda Konferensiya ligasi finalida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan “Feyenoord” bilan chorak finalda o‘ynaydi. Jozening “Roma” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Nufuzli insayder Pedro Almeydaning so‘zlariga ko‘ra, “PSJ” Mourinyoni tayinlash borasida jiddiy o‘ylamoqda.

 

Simone Indzagi, “Inter”, yiliga 10 million yevro

 

“Inter”dagi bir yarim yil davomida italiyalik murabbiy katta sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Bir marta Italiya kubogi va ikki marta mamlakat Superkubogi sohibi bo‘ldi. Chempionlar ligasidagi natijalarga kelsak, o‘tgan mavsumda Indzagi boshchiligidagi milan klubi 1/8 finalda Liverpulga mag‘lub bo‘ldi. Jamoa bu yilgi mavsumda chorak finalga yo‘l oldi, ushbu bosqichda klub “Benfika” bilan bilan bahs olib boradi. A Ceriyada Simone jamoasi uchinchi o‘rinda bormoqda. Murabbiyning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

 

Karlo Anchelotti, “Real”, yiliga 11 million yevro

 

Italiyalik murabbiyning “Real Madrid”ga ikkinchi kelishi ham birinchisi kabi muvaffaqiyatli bo‘ldi. 2021 yilda u Madridga chempionlik, mamlakat Superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabani olib keldi. Joriy mavsumda “Real Madrid” chempionlik, Chempionlar ligasi (chorak finalda “Chelsi”ga qarshi o‘yin) va Ispaniya kubogi (“Barselona” bilan yarim final)da kurashni davom ettirmoqda. Anchelotti muvaffaqiyati va uning 2024 yil yoziga qadar bo‘lgan shartnomasiga qaramay, klub faol ravishda uning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda.

 

Tomas Tuxel, “Bavariya”, yiliga 12 million yevro

 

Tuxel “Bavariya” bilan yaqinda shartnoma imzolandi. Uning ishiga endi baho berish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Nemis klubi Dortmundning “Borussiya” jamoasi bilan chempionlik uchun kurashmoqda, Germaniya kubogi chorak finalida “Frayburg” va Chempionlar ligasining keyingi bosqichida “Manchester Siti” bilan o‘ynaydi. “Bavariya” nemis murabbiyi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

 

Massimiliano Allegri, Yuventus, yiliga 12,8 million yevro

 

“Yuventus”ga ikkinchi bor kelganida, italiyalik murabbiy hali hech narsa yutmadi. Uning qo‘l ostida Turin klubi o‘tgan mavsumda Italiya kubogi va Superkubogi finalida “Inter”ga mag‘lub bo‘lgan. “Vilyarreal”ga uchralgan mag‘lubiyat sabab 1/8 finalda Chempionlar ligasidan chiqib ketgandi. Endi “Yuventus” mamlakat kubogida “Inter” bilan o‘ynaydi. Yevropa ligasida “Sporting” bilan chorak finalda to‘qnash keladi. Ikkala turnirda ham Allegri jamoasida sovrin uchun imkoniyatlar mavjud. Isteʼfo haqida gap yo‘q. Shartnoma 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

 

Grem Potter, Chelsi, yiliga 13,5 million yevro

 

“Chelsi”dagi birinchi mavsumida Grem Potter birorta ham sovrin yutmaslik xavfi ostida. Uning jamoasi Angliya Kubogi va Liga Kubogida “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘ldi. Chempionlar ligasining chorak finalida “Real”ga qarshi bahs olib boradi. Chempionatda esa klub 10-o‘rinni egallab turibdi. Potter qo‘l ostida “Chelsi” 30 ta o‘yindan atigi 12 tasida g‘alaba qozongan. Uning “Chelsi” bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

 

Yurgen Klopp, Liverpul, yiliga 17,8 million yevro

 

Nemis murabbiyi “Liverpul” bilan barcha unvonlarni qo‘lga kiritdi. Bularga Premyer-liga, Angliya kubogi, Angliya Superkubogi, Liga kubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kiradi. Shu bilan birga, Yurgen Klopp Chempionlar ligasi finalida mersisaydliklar bilan uch marta o‘ynagan. Bu mavsumda “Liverpul” har doimgidek yomon o‘yin ko‘rsatmoqda. Liga kubogida “Manchester Siti”, Angliya kubogida “Brayton” va Chempionlar ligasida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi. Bundan tashqari, Klopp jamoasi Premyer-ligada oltinchi o‘rinda va kuchli to‘rtlikdan 7 ochko ortda qolmoqda.

 

Xosep Gvardiola, Manchester Siti, yiliga 22,4 mln yevro

 

Ispaniyalik murabbiy “Manchester Siti” bilan 21 sovrin yutgan, ammo hech qachon shaharliklar bilan Chempionlar ligasiga g‘alaba qozonmagan. Joriy mavsumda Gvardiola jamoaga uchta kubok olib kelishi mumkin: buning uchun Premyer-ligada “Arsenal”ga qarshi chempionlik uchun kurashda, Angliya kubogi (“Sheffild Yunayted” bilan yarim final) va Chempionlar ligasi (“Bavariya” bilan chorak final)da g‘alaba qozonish kerak. Pepning “Man Siti” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

 

Diyego Simeone, “Atletiko”, yiliga 34 million yevro

 

11 yil davomida Simeone “Atletiko”ni eng yuqori pog‘onaga olib chiqdi, va muddat ichida sakkizta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ayni vaqtda rahbariyat argentinalik murabbiyni isteʼfoga chiqarish niyatida emas. Yaqinda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi Diyegoni tarixdagi eng yaxshi murabbiylar ro‘yxatida sakkizinchi o‘ringa qo‘ydi. 52 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.