Nagelsmanning agentlari “Bavariya”dan norozi
Ular klubni murabbiy isteʼfosi haqida o‘z vaqtida xabardor qilmaganlikda aybladi.

“Bavariya”ning sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning vakillari klub bosh direktori Oliver Kanning mutaxassisga uni ishdan bo‘shatish qarori haqida asosiy ommaviy axborot vositalari bu haqda yozishni boshlashdan avval xabardor qilingani haqidagi so‘zlarini rad etishmoqda. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar bermoqda.
Nagelsmanning agenti matbuotda ishdan bo‘shatilgani haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lganida, “Bavariya” murabbiy bilan bog‘lanishga urinmaganini aytdi. Yuulianning vakillari birinchi bo‘lib klub sport direktori Hasan Salihamidjich bilan bog‘lanishdi.
Yulian Nagelsman Grem Potter ishdan bo‘shatilganidan keyin “Chelsi” bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod ekani avvalroq xabar qilingandi. “Bavariya” bosh murabbiyi lavozimini, yaqinda Nagelsmanning isteʼfosidan so‘ng, Tomas Tuxel egalladi.







