Eng dolzarb

Ayol 3 farzandi bilan 9-qavatdan nega sakragan?

Bosh prokuratura qo‘shimcha tafsilotlarni maʼlum qildi.

Ayol 3 farzandi bilan 9-qavatdan nega sakragan?

 

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Xabar asosida Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar prokuratura rahbariyati boshchiligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, tekshirish harakatlari olib borilgan.

 

Aniqlanishicha, 3 aprel kuni soat 19.20 larda Sergeli tumani 8-mavzedagi ko‘p qavatli uyida yashab kelgan ayol (1996-y.t.) ikki nafar o‘g‘li va bir nafar qizini qasddan o‘ldirish maqsadida, 9-qavatdan birin ketin derazadan tashlab yuborib, so‘ngra o‘zi ham oynadan sakrab o‘z joniga qasd qilgan.

 

Oqibatda barchasi hodisa joyida vafot etishgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish) va 103 (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, marhuma ayol Toshkent viloyati Zangiota tumanida turmush o‘rtog‘i bilan istiqomat qilgan xonadonda 2022-yil oktyabr oyida yong‘in sodir bo‘lganligi sababli 3 nafar farzandlari bilan birga onasining Sergeli 8-mavzesidagi uyiga kelib, ular bilan birga birga istiqomat qilib kelgan hamda ushbu holatlar uning ruhiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatgan.

 

Shuningdek, marhumaning turmush o‘rtog‘i hozirda “Umra” ziyorati maqsadida Saudiya Arabistonda ekanligi aniqlangan.

 

"Tergov guruhi tomonidan ushbu fojeaning barcha ehtimoliy sabablarini sinchkovlik bilan tekshirish maqsadida qator tergov taxminlari ishlab chiqilgan.Xususan, oilaviy kelishmovchilik, marhumada kuzatilgan ruhiy o‘zgarishlarga olib kelgan sabablar, o‘z-o‘zini o‘ldirish darajasiga keltirish va boshqa taxminlarning barchasi dastlabki tergov jarayonida batafsil tekshiriladi", — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Ayol 3 farzandi bilan 9-qavatdan nega sakragan? | Zamon.uz