Zidan “PSJ”ga kelsa, jamoa Neymar bilan xayrlashadi
Parijliklar fransiyalik murabbiy bilan shartnoma imzolasa ko‘plab o‘zgarishlarga duch keladi.

“PSJ” bosh murabbiyi lavozimiga Zinedin Zidanning tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri maʼlum qildi. 2021 yildan beri ishsiz bo‘lgan Zidan kelasi yozda murabbiylikka qaytmoqchi. Variantlardan biri mutaxassisni “Real Madrid”ga qaytarish. Zinedin hamon “qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peres bilan yaxshi munosabatda. Yana bir variant - murabbiy o‘tgan yozda u bilan muzokaralar olib borgan “PSJ”ni boshqarish. Agar Zidan bilan shartnoma imzolansa, klub ko‘plab o‘zgarishlariga duch keladi, jumladan, braziliyalik hujumchi Neymar bilan xayrlashadi.
Qayd etilishicha, Zidan avvalroq Fransiya terma jamoasini boshqarishi mumkin edi, biroq Fransiya futboli rahbariyati Desham bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgan.







