Mourinyo “Chelsi”ga qaytishi mumkin
Muxlislar ham shuni xohlamoqda.

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Londonning “Chelsi” klubiga qaytishi mumkin.
“Chelsi” portugaliyalik sobiq bosh murabbiy Joze Mourinyo nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Klub 60 yoshli mutaxassisning hali ham Londonda uyi borligini biladi va ko‘plab muxlislar u haqida iliqlik bilan gapirishadi, bu esa uning qaytishiga asosiy sabab bo‘lishi mumkin. “Chelsi” tajribali, dunyoga mashhur murabbiy jamoani boshqarishini istaydi va Mourinyo bu taʼrifga juda mos keladi, deya xabar beradi “Sky Sports” nashri.
Joze Mourinyo “Chelsi”da 2004-2007 va 2013-2015 yillarda ishlagan. London klubi boshchiligida u sakkizta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Portugaliyalikning Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.







