Jahon

Dunyoga suv tanqisligi xavf solmoqda

Ayrim hukumatlar ekologik falokatga tayyorgarlikni boshlagan.

Dunyoga suv tanqisligi xavf solmoqda

 

Suv tanqisligi yildan-yilga insoniyat uchun eng katta va dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Yog‘ingarchilikning kamligi hamda anomal issiqlik to‘lqini daryolar, ko‘llar, suv omborlarining bo‘shab qolishining asosiy sababidir. Tabiat bilan bevosita bog‘liq vaziyatning tobora yomonlashib borishi hukumatlardan zudlik bilan chora ko‘rishni talab qilmoqda.

 

Shunday qilib, dunyoning bir qismida faqat suvdan noratsional foydalanish oqibatlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bo‘lsa, boshqa bir joyda bu oqibatlar allaqachon millionlab odamlar uchun og‘ir haqiqatga aylangan.

 

Germaniya hukumati hozirdan boshlab 2050 yilda yuz berishi kutilayotgan suv tanqisligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Vazirlar Mahkamasi milliy suv strategiyasi bo‘yicha kelishib oldi.

 

Bu yil mamlakatda qurg‘oqchilik va rekord darajadagi harorat kuzatildi, bu esa mahalliy dehqonlarga katta zarar yetkazgan. 2050 yilgacha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan strategiya isteʼmolchilarni toifalar bo‘yicha tartiblash orqali suvni taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Tashabbus, shuningdek, o‘rmonlar va shaharlardagi suv havzalarini himoya qilishga qaratilgan. Shu tariqa rasmiylar kelajakda suv xavfsizligini taʼminlashga umid qilmoqda.

 

“Bizga nazorat va tartibga solish siyosati kerak. Ayniqsa, sanoat va qishloq xo‘jaligida suv ko‘p ishlatilsa. Mamlakat suvdan tejamkor va hatto qayta foydalanishga intilishi kerak. Ichimlik suviga bugungidek munosabatda bo‘lsak, kelajakda ichimlik suvi muammosini hal qila olmaymiz”, — deydi Germaniyaning tabiatni muhofaza qilish va yadro xavfsizligi vaziri.

 

Shu kabi suv tanqisligi muammosi qo‘shni Fransiyaga ham tahdid solmoqda. Yaqinda mamlakat pezidenti suv isteʼmolini 10 foizga kamaytirish talabi haqida gapirgandi.

 

Emmanuel Makron suv resurslarini tejash bo‘yicha umummilliy rejani taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2030 yilga borib mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida suv sarfi kamaytiriladi. Strategiya, shuningdek, undan foydalanish uchun yangi narx tizimini nazarda tutadi.

 

“Suv umumiy manfaatdir, shuning uchun bizga progressiv narxlar kerak. Rejadan maqsad barcha fransuzlarni sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashdan iborat”, —  deydi Makron.

 

Afrika qitʼasida esa suvdan oqilona foydalanish masalasi hayotiy ahamiyatga ega. Tunis aholisi kuchli qurg‘oqchilik oqibatlaridan aziyat chekmoqda. Mamlakatdagi suv omborlari bo‘m-bo‘sh, to‘g‘onlar qurib qolgan. Suvni tejash uchun rasmiylar kuniga 7 soat suv taʼminotini o‘chirishga qaror qilishdi.

 

“Suv yetishmasligidan qiynayapmiz. Biz kiyimlarimizni muntazam yuva olmaymiz va ular bir necha oy davomida iflos bo‘lib qoladi”, — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

 

Oxirgi 2 hafta davomida rasmiylar barcha yirik shaharlarda, jumladan, poytaxtda tungi vaqtda suv taʼminotini muntazam ravishda to‘xtatib kelmoqda. Yangi qarorlar allaqachon yuqori inflyatsiyadan aziyat chekayotgan mamlakatda ijtimoiy keskinlikni kuchaytirishi bilan tahdid qilmoqda.

 

Xitoy suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha faol saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Xitoyning asosiy suv arteriyasi Yanszi daryosi yirik sarmoyalarni jalb qilish obyektiga aylandi. Hozirgi vaqtda uning havzasida 64 ming kilometr to‘g‘on va 300 ta eng yirik suv omborlari qurilgan. Xitoy suv resurslari vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat suv resurslarini boshqarishning qatʼiy tizimini joriy qilmoqda, chunki sanoat qishloq xo‘jaligining barqaror ishlashini taʼminlamoqda, bu ham ichki bozor, ham eksport uchun muhim iqtisodiy sektor.

 

“Iqlim o‘zgarishi taʼsirini samarali bartaraf etish maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi yaqin kelajakda ilg‘or texnologiyalar va suvdan unumli foydalanishga ega zamonaviy sug‘orish tizimini qurishga faol yordam beradi”, — deydi Xitoy suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari.

 

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"