“Barsa” bu transferni qabul qilishga tayyor”
Xavi va Lionel Messi o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotlari maʼlum bo‘ldi.

Jurnalist Gilem Balague “Barselona” bosh murabbiyi Xavi va “PSJ” hujumchisi Lionel Messi o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi.
“Messi va Laporta gaplashmadi, ammo “Barselona” bu transferni qabul qilishga tayyorligi aniq. U Messidan foydalanishning turli yo‘llarini o‘ylab topgan va har safar Leo bu haqda eshitganida uning istaklari yana bir karra ortmoqda”, — deya iqtibos keltirdi “BBC” jurnalisti.
Oldinroq argentinalik hujumchi “PSJ” bilan yangi shartnomadan bosh tortgani va “Barselona”ga o‘tishga qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.







