“Milan” Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirmaydi
Bunga futbolchining jarohatlari sabab bo‘lmoqda.

Italiyaning “Milan” klubi Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Footmercato” nashri xabar bermoqda.
41 yoshli Ibrahimovich bu mavsumda milanliklar safida bor yo‘g‘i to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, chunki u avvalroq jarohat olgandi. Hujumchi bor-yo‘g‘i 144 daqiqani maydonda o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich “Milan”da 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchi “rossoneri” klubiga 2022 yilda Italiya chempionatining oltin medallarini qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Shvetsiyalik hujumchining Milan klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Ibrahimovich “Milan”ni tark etsa, professional futbolchilik faoliyatini davom ettiradimi yoki yo‘q, bu hozircha nomaʼlum.







