“Premyer-liga juda qiyin liga”
“Chelsi”ga yaqinda kelib qo‘shilgan Enso Fernandes Angliya chempionatiga baho berdi.

“Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes Angliya premyer-ligasiga moslashish jarayoni haqida gapirib, Angliya chempionati argentinalik futbolchi avval to‘p surgan Portugaliya chempionatidan ancha qiyin ekanligini aytdi.
“Premyer-liga juda qiyin liga. Men Portugaliya chempionatidan kelganman, u yerda siz ko‘proq to‘p bilan o‘ynaysiz. Bu yerda o‘yin ko‘proq tezlik va jismoniy kuchga qaratilgan, shuning uchun men unga asta-sekin moslashyapman. Bu biroz vaqt talab qilishini tushunaman, lekin moslashish tezroq bo‘lishi uchun jamoadoshlarim va murabbiylar shtabi meni qo‘llab-quvvatlamoqda”, — deya Fernandesning so‘zlaridan “Chelsi” matbuot xizmati iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Fernandes “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.







