Sport

“Real” ingliz futbolchisidan voz kechdi

Klub futbolchiga qo‘yilgan narxdan norozi.

“Real” ingliz futbolchisidan voz kechdi

 

Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni sotib olish variantidan voz kechdi. Bu haqda “Relevo” nashri xabar bermoqda.

 

Manbaga ko‘ra, Madridning “Real” klubi Bellingemni sotib olish variantiga qaramay, klub angliyalik futbolchining madridliklar jamoasiga moslasha olishiga shubha qilmoqda. Shuningdek, muammo 19 yoshli yarim himoyachi uchun 100 million yevrodan ko‘pga tushayotgan pul miqdorida.

 

Eslatib o‘tamiz, Bellingemga Angliyaning “Manchester Siti” va “Liverpul” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

 

“Real” ingliz futbolchisidan voz kechdi | Zamon.uz