Prezident ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan qonunga imzo chekdi
"Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman va unda ishtirok etgan barchadan minnatdorman!" — Saida Mirziyoyeva.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan qonunni imzoladi.
Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyatlari, faollar va mediani zo‘ravonlikka qarshi kurashning yagona mexanizmiga aylanishga chaqirdi:
"Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman va unda ishtirok etgan barchadan minnatdorman! Oldinda ushbu moddalar ishlashi va jamiyat o‘zgarishi uchun qiyin va uzoq yo‘l turibdi.
Men barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyatlari, faollar va media — barcha-barchani bu jarayonga qo‘shilib, zo‘ravonlikka qarshi kurashning yagona mexanizmiga aylanishga chaqiraman. Zo‘ravonlik — jinoyat. Zo‘ravonlik — bizning madaniyatimiz emas!", — deydi Saida Mirziyoyeva.







