“Liverpul” “poyga”dan chiqdi
Bunga klubning moliyaviy imkoniyatlari sabab bo‘lgan.

“Liverpul” Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun kurashdan chiqdi.
“The Telegraph” nashrining xabariga ko‘ra, ingliz klubi yarim himoyachining narxi tufayli endi uni sotib olishni rejalashtirmayapti. Transfer 120 million yevrodan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu jamoa yozgi byudjetining katta qismini tashkil qiladi.
Buning o‘rniga “Liverpul” har bir chiziqni kuchaytirishga eʼtibor qaratadi. Bosh murabbiy Yurgen Klopp rahbariyatning qarorini qo‘llab-quvvatlamoqda. Nemis mutaxassisi tarkibni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijalari imkon qadar tezroq ko‘rinishini istamoqda va shuning uchun menejerlar Bundesliga futbolchisi uchun uzoq davom etadigan kurashda qatnashishni istamayapti.
Oldinroq Bellingemga “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “PSJ”, “Real” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirayotgani maʼlum bo‘lgandi.







