“U fantastik futbolchi edi”
Anchelotti Lempard haqida gapirdi.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinidan so‘ng “Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Madrid klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
“Frenk Lempard haqida yaxshi xotiralarim bor. U fantastik futbolchi edi. Umid qilamanki, u fantastik murabbiyga aylanadi” — deya Anchelottining so‘zlaridan “BBC” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” va “Real” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 18 aprel kuni Londondagi “Stemford Bridj” stadionida bo‘lib o‘tadi.







