Fati “Barsa”dan ketishga yaqin turibdi
Futbolchining otasi klubdan norozi.

Hujumchi Ansu Fati “Barselona”ni tark etishga yaqin turibdi. “AS” nashrining xabariga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati Ansu Fatining otasi bergan ommaviy bayonotlardan norozi. U avvalroq “Barselona”dan norozi ekanligini va Ansu klubni tark etgani maʼqul, deb hisoblagan, chunki futbolchi ko‘proq o‘yin o‘tkazishga loyiq ekanini aytgandi.
Qayd etilishicha, Fatining agenti Xorxe Mendesdan tovon puli kamida 40 million yevro bo‘lgan futbolchi bo‘yicha taklif izlash so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, Ansu Fati “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 9 yoshidan beri jamoa tarkibida. Hujumchi joriy mavsumda 40 o‘yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.







