“Bavariya” Mane bilan xayrlashmoqchi
Futbolchi Tuxelning rejalaridan o‘rin olmagan.

“Bavariya” Sadio Maneni sotish niyatida, hujumchi bosh murabbiy Tomas Tuxelning rejalariga kiritilmagan. Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubi 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar Ligasi chorakfinalidan so‘ng kiyinish xonasidagi mojaro vaqtida Mane jamoadoshi Leroy Sanening yuziga urgan va uning labiga jarohat yetkazgandi.
“Eshitishimcha, “Bavariya” yozda Sadio Manedan qutulish uchun hamma narsani qiladi. Tomas Tuxelda hujumchi bo‘yicha reja yo‘q, chunki Sadio uning tizimiga to‘g‘ri kelmaydi. Bu — mening maʼlumotim. Klub ichida Manega nisbatan juda tanqidiy munosabat bor. Ayniqsa, uning yillik maoshi 20 mln yevrodan yuqoriligini hisobga olsak, Manening transferi xato deb hisoblanmoqda. Uning qoniqarsiz o‘yini tufayli klubda “Bavariya” Mane bilan emas, uning egizak ukasi bilan shartnoma imzoladi, degan hazil bor”, — deydi jurnalist Florian Plettenberg.







