“PSJ” yetti nafar futbolchisi bilan xayrlashadi
Ular orasida Serxio Ramos ham bor.

Parijliklar futbol maslahatchisi Luis Kampos Parij jamoasiga umidlarni oqlamaydigan futbolchilarga toqat qilmasligini aytdi. Bu haqda “Le Parisen” nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, “PSJ” bunday futbolchilarni transfer ro‘yxatiga kiritadi yoki ular bilan shartnomani uzaytirmaydi. Parijliklar safidan ajralishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida yarim himoyachilar Vitinya, Renatu Sanches, Fabian Ruis va Karlos Soler, himoyachilar Xuan Bernat va Serxio Ramos, hujumchi Ugo Ekitike bor.







